26 may 08:41
Yangiliklar
Og'ir atletika

SHahrillo Mahmudov Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Ijroqo'm azoligiga saylandi
Joriy haftada Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Xalqaro og'ir atletika federaciyasining (IWF) hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tdi.
Unda tashkilot rahbariyatiga saylovlar o'tkazildi.
Jumladan, IWF'ning amaldagi prezidenti Muhammad Jalud 168 ta ovoz to'plab, ushbu lavozimga qayta saylandi. SHuningdek, Ursula Papandrea birinchi vice-prezident, Muhammad Al-Harbi hamda CHeng Liang Liu vice-prezident, Xose Kuinos esa Bosh kotib lavozimiga saylandi.
Biz uchun ahamiyatlisi, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari, mamlakat Og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrillo Mahmudov Xalqaro og'ir atletika federaciyasining Ijroqo'm azoligiga saylandi.
Qayd etish lozimki, ushbu saylangan tarkib Xalqaro og'ir atletika federaciyasini 2029 yilga qadar boshqaradi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar