27 may 19:21
Yangiliklar

Eshitdik-da! Usmon Toshev Afg'oniston terma jamoasini tark etdi
Afg'oniston terma jamoasi menejeri Omid Humoyuni bir necha kun avval bosh murabbiy Usmon Toshev istefo berganini va Afg'oniston futbol federaciyasi istefoni qabul qilinganini tasdiqladi. Biroq istefoning sabablari aniqlashtirilmagan.
O'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev Afg'oniston terma jamoasini olti oydan ko'proq vaqt davomida boshqardi. Terma jamoa uning qo'l ostida Nepal, Tailand, Tojikiston va Myanmaga qarshi to'rtta rasmiy va o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, barchasida mag'lub bo'ldi.
SHuningdek, italiyalik murabbiy Vinchenco Alberto yaqin kunlarda mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi. Afg'oniston futbol federaciyasi tez orada yakuniy shartnoma rasmiylashtirishi kutilmoqda.
Afg'oniston terma jamoasi 20 iyun sanasida Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida Suriyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar