27 may 17:05
Yangiliklar
Engil atletika

SHarifa Davronova Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi uchun ilk medalni taqdim etdi
Bugundan Koreya Respublikasining Gumi shahrida engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati bellashuvlari boshlandi.
Ahamiyatlisi, musobaqaning ilk kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi.
Terma jamoamizning ayollar o'rtasida uch hatlab sakrash dasturidagi azosi SHarifa Davronova ikkinchi natijani qayd etgan holda kumush medalga sazovor bo'ldi. Yurtdoshimiz musobaqada 13.74 metr natija ko'rsatdi.
Uch hatlab sakrash, Osiyo chempionati
1. Li Yi (Xitoy) – 13.80 metr
2. SHarifa Davronova (O'zbekiston)– 13.74
3. Mariko Marimoto (Yaponiya) – 13.65.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar