So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди 0 12:04Леон Эдвардс кейинги жангини ноябрь ойида ўтказиши мумкин 0 11:43Тахмина Икромова Жаҳон чемпионатида тўртинчи бўлди 0 11:22Муроджон Аҳмадалиев Японияга етиб борди (ФОТО) 0 11:01"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди 0 10:40Мадримов учун имкон: Кроуфорд чемпионлик камарини вакант қолдиради 0 10:19Фомин Хитойдаги Челленжер турнирида ўз омадини синаб кўради 0 09:58Махачев Топурия — Царукян жанги ташкил этилиши кераклигини айтди 0 09:37Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади 0 09:16Пара каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини иккита медал билан якунлашди 0 08:55"Ҳаммаси шундан" — Махачев АҚШ MMAси инқирози нима билан боғлиқлигини тушунтирди 0 08:34Нодирбек Якуббоев 61th Rubinstein Memorial чемпиони! 0 08:13"Реал" меҳмонда "Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди 0 07:52Шавкат Раҳмоновнинг режалари очиқланди 0 07:31Гандболчиларимиз учинчи ўйинда илк жиддий синовдан ўтишди 0

06 avg 09:45
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilarimiz V Islom birdamlik o'yinlariga ko'tarinki ruhda kuzatib qo'yildi

Xabaringiz bor, joriy yil 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahri V Islom birdamlik o'yinlariga mezbonlik qiladi.

Bugun, 6 avgust kuni Milliy Olimpiya qo'mitasi binosida V Islom birdamlik o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston delegaciyasi musobaqaga ko'tarinki ruhda kuzatib qo'yildi.

IV Islom birdamligi o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi 121 nafar sportchi bilan qatnashgan bo'lsa, bu gal 265 nafar atlet Turkiyaga yo'l olmoqda.

Rasmiy kuzatish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o'rinbosari SHaxrullo Maxmudov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, mutasaddilar, sportchilarning ota-onalari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Marosimni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ochib berdi.

Mutasaddilar sportchilariga mazkur musobaqada omad tilashdi.

SHundan so'ng, mamlakatimiz sport delegaciyasining bayroqdori, qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori Zaynab Dayibekovaga O'zbekiston bayrog'ini tantanali ravishda topshirildi.

SHu tariqa, O'zbekiston delegaciyasi V Islom birdamlik o'yinlariga kuzatib qo'yildi.

Malumot uchun, kecha V Islom birdamlik o'yinlarida musobaqa rasmiy ochilishidan oldin velosport bo'ycha bellashuvlarga start berilgan edi. Quvonarlisi, musobaqadagi ilk medal bizni uzoq kuttirmadi. Yani velosport bo'yicha hamyurtimiz Sofiya Karimova V Islom birdamlik o'yinlarida bronza medalni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, V Islom birdamlik o'yinlarida dunyoning 55 ta mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. O'yinlar Turkiyaning Konya shahridagi 8ta inshootda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing