So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

18 noy 08:01
Yangiliklar

Taekvondo, Parij-2024

Svetlana Osipova: "Bugun kechagidan yaxshiroq bo'lishim kerak!"

Teglar :  Svetlana Osipova
Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan Svetlana Osipova o'zbek taekvondochi qizlari orasida birinchi bo'lib Olimp shohsupasiga ko'tarilgan sportchi sifatida tarixda qoldi.

MOQ matbuot xizmati Svetlana bilan kichik intervyu tashkil etdi.

— Roppa-rosa 2 yil oldin davlatimiz bayrog'i qabul qilingan kun arafasida tarixiy jahon chempionligini qo'lga kiritgan edingiz. Qolaversa, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida ham delegaciyamizga tarixiy medallardan birini keltirdigniz. Keling, o'sha paytlardagi taassurotlaringizni yodga olib, ular bilan ulashsangiz.

"Har ikki musobaqadagi hissiyotlarimni so'z bilan ifodalab berolmayman. Jamoamiz bilan sportimiz tarixida ayollar taekvondosida jahon chempionatilarida birinchi oltin va Olimpiadalardagi ilk medalni qo'lga kiritishni uddaladik. Ushbu natijaga erishishim uchun yordam bergan davlatimiz, associaciyamiz, jamoam va oilamga minnatdorligimni bildiraman. Tokio-2020 Olimpiadasidan medal ololmaganimdan keyin Mekcikadagi jahon chempionligi menga katta turtki bo'ldi. Mehnat bilan barcha narsaning imkoni borligini tushunib etganman".

— Olimpiadada engil jarohat bilan ishtirok etganingiz haqida ko'p aytgandingiz. Hozir salomatligingiz qanday?

"Ha, hozir hammasi yaxshi. Ayni paytda tiklanyapman, shuningdek, mashg'ulotlar ham to'xtab qolmagan".

— Sizda barcha musobaqalarning medali bor. SHunday bo'lsa ham Sizni qanday motivaciya yana dayanga chaqiryapti?

"Ha, menda hamma turnirlarning medali bor. Bu ajoyib natija va unda ko'pchilikning mehnati bor. Motivaciyam esa, bugun kechagidan yaxshiroq bo'lishim kerakligi. Bu men uchun eng muhim jihat. O'zim misolimda barcha narsaning imkoni borligini ko'rsatishni istayman. Har qanday vaziyat va sharoitda ham nimadir o'rganish va nimagadir erishish kerak. Men qachondir o'zgalarga o'rnak bo'la olayotganimni sezsam, shu menga motivaciya beradi", dedi sportchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing