16 iyu 08:57
Yangiliklar

Taekvondochilarimiz Austrian Open turnirida 13 ta medal qo'lga kiritishdi, 5 tasi oltin + FOTO
Dunyoning 50 dan ziyod davlatidan kelgan 800 nafarga yaqin sportchilar qatorida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham katta tarkibda ushbu musobaqada ishtirok etdi. Yakunda taekvondochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Vakillarimiz turnirda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 13 ta medalni qo'lga kiritishdi. CHempionlar orasida Parij-2024 Olimpiadasi kumush medali sohibasi Svetlana Osipova ham bor.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
Nazarali Nazarov (63 kg)
Yodgor Jo'raboev (87 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).
Kumush medallar:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Kamron Mansurov (58 kg)
Azizbek Abduqodirov (87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Bronza medallar:
Omonjon Otajonov (58 kg)
Najmiddin Qosimxojiev (74 kg)
Zuhra Tojimatova (46 kg)
SHabona Abduvalieva (57 kg).
Fikrlar