14 iyu 08:27
Yangiliklar
Taekvondo

"WT Diamond Games” turnirining yakkalik bahslarida 13 ta medal qo'lga kiritildi
Koreya Respublikasining Muju shahrida uch kun davom etgan "World Taekwondo Diamond Games" turniri yakunlandi.
Musobaqaning so'nggi kuni doiras-ida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, yakunda ularning 13 nafari shohsupadan joy oldi.
Sportchilarimiz kun yakunida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Oltin medallar:
-58 kg: Jahongir Xudoyberdiev
-68 kg: Diyorbek To'xliboev
-80 kg: Ozodbek Mamadaliev
+80 kg: Yodgorbek Jo'raboev
-49 kg: Madina SHoniyozova
-57 kg: SHabbona Abduvalieva
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova
Kumush medallar:
-58 kg: Omonjon Otajonov
+80kg: Azizbek Abduqodirov
Bronza medallar:
-58 kg: Kamronbek Mansurov
-58 kg: Mirdiyor Mirayimov
-67 kg: Sevnich Hayitova
Havola :
Fikrlar