15 sen 07:26
Yangiliklar
O'zbekiston sinxron suzish bo'yicha Jahon chempioni, Evropa chempioni va 19 yillik tajribaga ega murabbiyni mahalliylashtirdi
Endi sportchilar sinxron suzish bo'yicha O'zbekiston sharafini himoya qiladi.
Har ikki sportchi ham allaqachon O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida mashg'ulot olib boryapti. Ular ayollar dueti dasturida musobaqalarda ishtirok etadi. Terma jamoaning amaldagi sportchisi Sabina Mahmudova esa zaxira tarkibiga kiritildi.
Anastasiya Baxtireva — Evropaning uch karra chempioni va Jahon seriyasining ikki karra g'olibi. Violetta Evenko — ko'p karra Evropa chempioni, Jahon seriyasi g'olibi hamda Jahon chempionati g'olibi.
Terma jamoa tayyorgarligiga yuqori darajadagi sport sohasida 19 yillik tajribaga ega murabbiy Yuliya Miteva ham jalb etildi. Yangi duet uchun yaqindagi eng yirik musobaqalardan biri Aichi–Nagoya Osiyo o'yinlari bo'ladi.

Fikrlar