So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

07 okt 07:34
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020 licenziyalari navbatdagi onlayn yig'ilishda muhokama qilindi

Teglar :  MOQOlimpiada
2020 yil boshidan beri Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik, karantin davrida qilingan ishlar, sportchilarimizning salomatligini nazorat qilish va Tokio-2020 Olimpiadasiga qo'lga kiritilgan licenziyalar masalalariga bag'ishlangan onlayn hisobot yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administraciyasi (O'zRPA) masul xodimi SHavkat Sultonov, Vazirlar Mahkamasi vakili Rashid Talipov, MOQ mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, federaciya va associaciyalar rahbariyati ishtirok etdi.

Dastlab MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov karantin davrida sohada olib borilgan ishlar, sportchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish kabi masalalar yuzasidan hisobot topshirdi. Mutaxassisning malum qilishicha, ortda qolgan davr mobaynida 16 nafar sportchida COVID-19 infekciyasi aniqlangan bo'lib, ularning 2 nafarida virus engil ko'rinishda o'tgan. Qolgan 14 nafar atlet esa shifokorlarning say-harakatlari bilan butunlay sog'aygan va terma jamoa ixtiyoriga jo'natilgan.

MOQ rahbari ushbu mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Muhtaram Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining onlayn o'tgan 75-Sessiyasidagi nutqida aytilganidek, bu davr barcha uchun juda og'ir kechdi. Koronavirus sog'liqni saqlash tizimi va mamlakatlar iqtisodiyotini izdan chiqarib yubordi. Respublikamizda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ixtiyorimizdagi katta sport obektlarini koronavirusga chalingan bemorlarga shifoxonalarga aylantirish uchun taqdim qildi. O'z navbatida mamlakatimizda vaziyatning barqarorlashuviga sabab bo'lgan shifokorlarimizga tashakkur. Bu borada barcha federaciyalarimizda temir intizom olib borish lozim”, – deydi Rustam SHoabdurahmonov.

SHundan so'ng MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga qo'lga kiritilishi kutilayotgan licenziyalar haqida batafsil gapirib berdi. Unga ko'ra, delegaciyamiz Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga kamida 110 ta licenziya olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Mutaxassis o'z nutqida mazkur yo'nalishda yutuq va kamchiliklarimizni ham alohida takidlab o'tdi.

Uchrashuv davomida MOQ rahbari mazkur masala yuzasidan ham qo'shimcha qildi.

“Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik cikli bir xil bo'ldi. SHu bois ham qo'lga kiritilayotgan licenziyalar soni bir-biriga yaqin. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Biroq Parij-2024 masalasiga jiddiy yondashamiz. Ayni paytda federaciyalarimiz talablariga binoan barcha masalalar moliyalashtirib berilmoqda. SHu bois ulardan licenziya va medallarni qo'lga kiritish talabi boshqacha bo'ladi. O'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz bo'yicha birga ishlaymiz. Agar mutaxassislarimiz talablarga javob berishmasa, ular bilan xayrlashamiz. Bu borada xorijlik murabbiylar bilan ham gaplashib olganmiz. O'z navbatida, bizning ushbu tashabbuslarimizni qo'llab-quvvatlayotgan hukumatimizga alohida tashakkur aytamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Onlayn uchrashuv davomida SH.Sultonov va R.Talipov ham kun tartibidagi masalalar bo'yicha o'z mulohazalarini malum qilishdi. SHuningdek, federaciyalar rahbariyatiga terma jamoalarning mashg'ulotlari uchun bazalarga kerakli sanitar-epidemiologik vositalarni olib berish va nazoratni yanada kuchaytirish, selekciya ishlari bo'yicha atroflicha ko'rsatmalar berildi. SHuningdek, MOQ rahbari tomonidan har bir sport turlari bo'yicha yilning malum kunini mamlakatimizda o'sha sport kuni sifatida nishonlash bo'yicha taklif berildi. Albatta, bundan ko'zlangan maqsad aholi orasida ommaviy sport va sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirishdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing