03 iyu 13:32
Yangiliklar

“Raqamli kommunikaciyalar hamda ijtimoiy tarmoqlar V mintaqaviy seminari” boshlandi
Milliy Olimpiya qo'mitalari associaciyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi va 15 ta Milliy Olimpiya qo'mitalarining media yo'nalishi vakillari ishtirok etishmoqda.
Ochilish marosimida so'zga chiqqan vakillar sohaning dolzarbligi haqida to'xtalib, seminar ishtirokchilariga o'zlarining samimiy tilaklarini yo'llashdi.
Tadbirda nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoq bilan ishlashda suniy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha o'z bilimlari bilan o'rtoqlashishadi.
SHuningdek, bir qator Milliy Olimpiya qo'mitalari vakillari bilan oldinda turgan kompleks musobaqalarga media, marketing va piar yo'nalishlarida olib borilayotgan tayyorgarlik borasida fikr almashishlari ko'zda tutilgan.
Fikrlar