So’nggi yangiliklar

18:45Осиё чемпионатининг илк куни иштирок этган 8 дзюдочимизнинг бари шоҳсупага кўтарилди 0 18:24Канело — Кроуфорд оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 18:01Дана Уайт Турки аш Шайх билан қилаётган бокс лойиҳаси ҳақида гапирди 0 17:39Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди 0 17:17Менежер Биволнинг навбатдаги рақибларини айтди 0 16:51"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида қатнашмайди — манба 0 16:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг ҳақида: "Энг зўри эканимни бутун дунёга исботлайман" 0 16:01ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи 0 15:39"Магомед ҳалиям Перейрани нокаут қилиш истагида" - менежер 0 15:18"Pantera Sport Club" Қозоғистондаги турнирда умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади 0 14:51ЖЧ-2025. Қозоғистоннинг неча боксчиси ярим финалга йўл олди? 0 14:25U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум 0 14:02"У ичиб олган". Кроуфорд — Топуриянинг уни нокаут қиламан деган гапига жавоб қайтарди 0 13:39Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ муаммо сабаб бу сафарги Жаҳон чемпионатини ҳам ўтказиб юборадиган бўлди 0 13:17Царукян — Топурия ҳақида: "Агар жанг қилгиси келмаса, камарни бўшатиб қўйсин" 0

28 fev 12:39
Yangiliklar

Futbol

U-20 Osiyo kubogi. Fakt va raqamlar

Ertaga U-20 Osiyo kubogi start oladi va ilgari Osiyo U-19 chempionati nomi bilan atalgan musobaqa besh yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini davom ettiradi.

Qita turniri oldidan statistika ixlosmandlarini turnirga oid bazi faktlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Indoneziya sari yo'l

Turnirning eng yaxshi 4 ta terma jamoasi joriy yil Indoneziya mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Agarda Indoneziya yarim finalga qadar etib boradigan bo'lsa, qo'shimcha yo'llanma uchun kurash olib boriladi.


Musobaqa o'tkaziladigan inshootlar

Uchrashuvlar ikki shaharning to'rt stadionida o'tkaziladi, bular: "Bunyodkor", "JAR", "Lokomotiv" (barchasi — Toshkent) va "Istiqlol" (Farg'ona).


Metin himoya

Eron, Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari saralash bosqichi davomida o'z daxlsizligini saqlab qolishdi. Aslida, Saudiya saralash guruhida musobaqa mezboni O'zbekistonga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ammo mezbon jamoa ishtirokidagi har qanday natija rasman hisobdan chiqarilgan.

Eng sermahsul jamoa 

Yaponiya saralash bosqichida eng ko'p gol urgan jamoaga aylandi. "Samuraylar" jami 22 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.


To'xtatib bo'lmas jamoa

Iordaniya SHimoliy Mariana orollari darvozasiga javobsiz 16 ta gol urib, saralash bosqichida bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritgan jamoaga aylandi.

Saralash bosqichida oltitadan gol urgan Eron va Janubiy Koreya vakillari Amir Ibrohimzoda va Li Yon Jun final bosqichida ishtirok etadi. Biroq ulardan ham ko'proq to'p kiritgan (9 ta gol) yaponiyalik Kanta CHiba O'zbekistondagi musobaqada ishtirok etmaydi.


"Gol mashinasi"

Yuqorida tilga olingan eronlik Amir Ibrohimzoda saralash bosqichining bir o'yinida eng ko'p gol urgan futbolchi bo'ldi. Hujumchi Bruney ustidan 8:0 hisobida g'alaba qozonilgan bahsda beshta to'p kiritdi.

 

Muntazam gol uruvchilar

Janubiy Koreya futbolchisi Li Yon Jun, iordaniyalik Abu Taxa va indoneziyalik Rabbani Tasnim saralash bosqichining har bir uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.


CHempionlarga boy turnir

Saudiya Arabistoni musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. SHuningdek, chempionlik uchun kurashayotgan 16 jamoa orasida yana etti nafar sobiq titul egalari mavjud, bular — Xitoy, Iroq, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Suriya va Qatar.

Sandiqlari to'lgan jamoa

Janubiy Koreya ushbu turnirda 12 marotaba zafar quchgan va bu eng yaxshi natija sanaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing