11 sen 12:30
Yangiliklar

Jahon chempionati: 9 nafar bokschimizda medal naqd, bugun musobaqada tanaffus
Musobaqaning kechagi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining jami 14 nafar azosi ringga chiqdi va yakunda ularning 8 nafari g'alaba qozonib, chempionat yarim finaliga yo'l oldi.
Bugun turnirda dam olish kuni hisoblanadi. Janglar ertadan davom ettiriladi.
Ertaga chorak final doirasida yana uch nafar bokschimiz - Sabina Boboqulova, SHodiyor Meliqo'ziev va Akmaljon Isroilov ringga ko'tariladi.
Jahon chempionati yarim finaliga yo'l olib, medalni naqd qilgan bokschilarimiz:
Abdumalik Xalokov (60 kg)
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (65 kg)
Fazliddin Erkinboev (75 kg)
Javohir Ummataliev (80 kg)
To'rabek Xabibullaev (90 kg)
Jahongir Zokirov (+90 kg)
Feruza Kazakova (51 kg)
Navbahor Hamidova (65 kg)
Aziza Zokirova (70 kg).
Fikrlar