So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

24 avg 18:55
Yangiliklar

Boks/MMA

"UFC Maxachev-CHimaev jangining o'tkazilishiga yo'l qo'ymaydi" - Islamning jamoadoshi

Xamzat CHimaev o'rta vaznda UFC chempioniga aylangach, uning Islam Maxachev bilan ehtimoliy jangi haqida gap-so'zlar urchidi.

Maxachevning jamoadoshi Josh Tomsonning aytishicha, bu jang o'tkazilmaydi. Uning amalga oshishiga Dana Uayt boshchiligidagi UFC bosslarining o'zi yo'l qo'ymaydi. 

"Kelinglar, ochiq gaplashamiz – UFC CHimaevga yarimo'rta vaznga tushishiga ruxsat bermaydi. Ular hech qachon Islam va Xamzatning o'zaro jangining o'tkazilishiga yo'l qo'yishmaydi. Ularning javoblari taxminan shunday bo'ladi: "Agar oldinga siljishni istasang – yuqori tomonga harakatlan. Avval yarimog'ir, keyin esa og'ir vazn toifasiga o'tib, chempionlik kamarlari uchun imkoniyatingni sinab ko'r. Senda og'ir vaznlilarni mag'lub etadigan quroling - kurashing bor. Faqat buning uchun to'g'ri vazn olishga etibor qaratishing lozim. Boshlanishiga yarimog'ir vaznga ko'taril. Sen aniq bu vazn chempioni bo'la olasan". Ular yarimo'rta vazn variantni ko'rib chiqishadi deb o'ylamayman. Bu allaqachon bosib o'tilgan bosqich. 

CHimaevning jangidan xulosa: vazn tashlash kerak bo'lmaganda, uning kardiosi yaxshi ishlaydi. Va yana bir jihat bor: u o'rta vazn toifasida kamarni qo'lga kiritgach, yarimo'rta vazn toifasiga o'tib, u erda yutqazsa, bu o'rta vazn toifasidagi unvonning qiymatini pasaytiradi. Yarimo'rta divizion jangchisiga yutqazish yomonroq ko'rinadi va qabul qilinadi", - dedi amerikalik Josh Tompson Jon Makkarti bilan qo'shma podkastning navbatdagi sonida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing