So’nggi yangiliklar

21:47Ғуломжон Абдуллаев – жаҳон чемпионати совриндори 0 18:17"Кроуфорд фаолиятини тугатса, хурсанд бўлардим" - Рой Жонс 0 17:51Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди 0 17:26Сауль Альварес Теренс Кроуфордга ютқазганидан сўнг пост қолдирди 0 17:01Конор Макгрегор Ирландия президенти бўлиш учун курашдан чиққанини маълум қилди 0 16:38АҚШдаги ўзбек спортчиси — Муродбек Чориев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 16:16Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди 0 15:41"Умид қиламанки, жанг бўлади". Топурия Кроуфорд билан жанг истагида 0 15:19Турки аш Шайх Кроуфорднинг кейинги рақиби ким бўлишига шаъма қилди 0 14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор чемпионлик камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0

15 iyu 09:19
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC taklifini rad etgan Nemkov 17 iyun kuni 46 yoshli Romero bilan jang qiladi

Teglar :  Vadim Nemkov
16 iyundan 17 iyunga o'tar kechasi Bellator 297 turniri bo'lib o'tadi,

Unda Vadim Nemkov o'zining navbatdagi jangini 46 yoshli Yoel Romeroga qarshi o'tkazadi. Kubalik qariya sportchi so'nggi 2 ta jangida g'alaba qozonib, ko'pchilikni hayratda qoldirdi, biroq u o'zining avvalgidek yuqori formasida emasligi aniq. 


Qizig'i shundaki, bu Bellator’da Vadim ikkinchi marotaba yoshi katta bo'lgan sportchiga qarshi jang qiladi. Nemkov avvalroq 33 yoshli Kori Anderson ustidan g'alaba qozongan edi. Biroq, Kori rossiyalik jangchidan revanshni umid qilib yuribdi. Divizionning kuchli beshligida Fil Devis ham bor, u 38 yoshda. Devis bundan oldin ikki marta Vadimga imkoniyatni boy bergan, lekin u uchunchi to'qnashuvni hamon kutmoqda.


Rossiyalik sportchi Bellator’da o'zini “suvga tushgan baliqdek” his qilmoqda, sababi u erda ko'plab yoshi katta jangchilar yig'ilib qolgan. Nemkovning qo'lida UFC’dan kelgan taklif bor edi, ammo u sayyoradagi eng yaxshi ligada jang qilishdan bosh tortdi. U Fyodor Emelyanenkoning so'zlariga quloq tutdi va o'z lavozimini o'zgartirmadi. Bu haqida sportchining o'zi intervyusida malum qilgandi. Vadim UFC taklifini rad etib, Bellator’da qolib to'g'ri qilganmi, yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi. Lekin hozircha hammasi rus jangchisining foydasiga ishlamoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing