So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

30 avg 18:48
Yangiliklar

Dzyudo, Taekvondo, Parij-2024

Ulug'bek, Diyora va Svetlananing harbiy unvonlari oshdi + FOTO

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Marosimni mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov so'z bilan ochib berdi. XXXIII yozgi olimpiya o'yinlarida mamlakatimiz terma jamoasi 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 13-o'rinni egallagandi. Qurbonov o'z so'zida mudofaa vazirligi sportchilari ushbu nufuzli musobaqada 2 ta oltin va 1 ta kumush medalini qo'lga kiritganini etirof etdi. Bu sportchilar mudofaa vazirining tegishli buyrug'i bilan taqdirlanishdi. 

Xususan, -52 kg vazn toifasida dzyudo bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston tarixida ilk oltin medal sohibasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi, leytenant Diyora Keldiyorovaga muddatidan oldin navbatdagi "katta leytenant" harbiy unvoni topshirildi. SHuningdek, u "To'maris" ko'krak nishoni bilan ham taqdirlandi. 

-68 kg vazn toifasida taekvondo sporti bo'yicha O'zbekiston Respublikasi tarixida ilk ikki karra Olimpiada oltin medal sohibi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi kichik serjant Ulug'bek Rashitov boshlang'ich oficerlik "leytenant" harbiy unvoni bilan taqdirlandi. 

Taekvondo sporti bo'yicha ayollar o'rtasida o'zbekistonlik ilk kumush medal sohibasi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo'limi sportchisi kichik serjant Svetlana Osipovaga ham boshlang'ich oficerlik "leytenant" harbiy unvoni topshirildi. Bundan tashqari, u ham "To'maris" ko'krak nishoni bilan ham taqdirlandi. 

Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishdagi faolligi hamda xamkorligi uchun Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o'qituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan; 

-57 kg vazn toifasida boks sporti bo'yicha ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat ko'rsatganligi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo'limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora SHavkat qizi "To'maris" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommviy kommunikaciyalar departamenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing