07 avg 07:12
Yangiliklar

Ayubxon Baxtiyorov WBC Gran-prisidagi keyingi jangini meksikalik bokschiga qarshi o'tkazadi + POSTER
Xabaringiz bor, musobaqa doirasida yarimengil vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Ayubxon Baxtiyorov chorak final bosqichiga qadar etib kelgandi.
U 13 avgust kuni Gran-pridagi navbatdagi jangini o'tkazadi. Baxtiyorovga o'sha kuni meksikalik Brendon Meyjiya raqib bo'ladi. Ayubxon turnirning ilk bosqichida franciyalik Jamal Rajabni, nimchorak finalda esa Kolumbiya vakili Jon Bolanoni mag'lub etgandi.
Avvalroq, musobaqadagi yana bir hamyurtimiz Mujibillo Tursunovning ham meksikalik bokschi bilan jang qilishi haqida xabar bergandik. Uchinchi vakilimiz Lazizbek Mullojonov esa ehtimoliy doping sabab turnirdagi ishtirokini erta yakunlashga majbur bo'ldi.
Fikrlar