So’nggi yangiliklar

18:45Осиё чемпионатининг илк куни иштирок этган 8 дзюдочимизнинг бари шоҳсупага кўтарилди 0 18:24Канело — Кроуфорд оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 18:01Дана Уайт Турки аш Шайх билан қилаётган бокс лойиҳаси ҳақида гапирди 0 17:39Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди 0 17:17Менежер Биволнинг навбатдаги рақибларини айтди 0 16:51"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида қатнашмайди — манба 0 16:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг ҳақида: "Энг зўри эканимни бутун дунёга исботлайман" 0 16:01ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи 0 15:39"Магомед ҳалиям Перейрани нокаут қилиш истагида" - менежер 0 15:18"Pantera Sport Club" Қозоғистондаги турнирда умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади 0 14:51ЖЧ-2025. Қозоғистоннинг неча боксчиси ярим финалга йўл олди? 0 14:25U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум 0 14:02"У ичиб олган". Кроуфорд — Топуриянинг уни нокаут қиламан деган гапига жавоб қайтарди 0 13:39Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ муаммо сабаб бу сафарги Жаҳон чемпионатини ҳам ўтказиб юборадиган бўлди 0 13:17Царукян — Топурия ҳақида: "Агар жанг қилгиси келмаса, камарни бўшатиб қўйсин" 0

20 fev 16:11
Yangiliklar

Kurash

Universiada-2022. Poytaxt viloyati jamoasi birinchi FOTOGALEREYA

18-19 fevral kunlari CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yangidan barpo etilgan zamonaviy sport zalida Universiada sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan belbog'li kurash bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Mamlakatimizda oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida ko'p yillardan buyon o'tkazilib kelinayotgan Universiada sport o'yinlari chin manoda jismoniy tarbiya va sportni yoshlar orasida ommaviyligini taminlashda, talabalarning sport turlariga bo'lgan qiziqishining ortishiga, qolaversa, istedodli talaba-yoshlar saralanib, ularning katta sport sari dadil qadam tashlashiga muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda. 

Universiada sport o'yinlari dasturidan joy olgan sportning belbog'li kurash turi bo'yicha 18-19 fevral kunlari CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yangitdan barpo etilgan zamonaviy sport zalida yuqori saviyada bo'lib o'tgan respublika final bosqichida ham eng kuchli va iqtidorli sportchilar saralandi. 

Mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 98 nafar sportchi-talabalar 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg. vazn toifasida g'oliblik uchun bellashishdi.

Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning barcha vazn toifalari bo'yicha  g'olib va sovrindor sportchilar nomi aniqlandi. 

Demak, belbog'li kurash bo'yicha “Universiada – 2022”ning g'olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.

55 kg.

1. Asomiddin Zokirjonov  (Toshkent v.)

2. Sadulla Mo'minov (Farg'ona)

3. Nurillo Kamolov (Navoiy)

3. Laziz Toshkentbokv (Samarqand)

60 kg. 

1. Kamron Ortiqov  (Toshkent v)

2. Abdulla Mamadaminov (Buxoro)

3. Sohibjon Jakbaraliev (Namangan)

3. Diyorxo'ja Mo'ydinov (Farg'ona)

66 kg. 

1. Azizbek Azimjonov  (Farg'ona)

2. Sarvar To'xtasinov   (Namangan)

3. Diyorbek Saydullaev  (Sirdaryo)

3.Jamolbek Allayorov (Surxondaryo)

73 kg.

1. Samandar Anvarov (Farg'ona)

2.  Nusrat Yo'ldoshev (Toshkent v.)

3.  Azizbek Abduqodirov  (Sirdaryo)

3. Alibek Bekmurodov (Buxoro)

81 kg. 

1. Mavlonbek Mirkomilov  (Andijon)

2. Diyorbek Xudoyberganov (Toshkent v.)

3. Ibrat Mamurov (Samarqand)

3. Ziyodulla Tursunboev (Namangan)

90 kg.

1. Bekzod Abdurahmonov (Toshkent v.)

2. Rahmatilla Anvarjonov (Namangan)

3. Bekzod Ahmedov   (Toshkent)

3.Ulug'bek Bolqiboev (Jizzax)

+90 kg.

1. Ilyosbek Ortiqjonov (Toshkent v.)

2. SHohruxbek  Mirolimov (Farg'ona)

3. Jasur Mahmudov (Jizzax)

3. Rivojiddin SHarofiddinov (Namangan)

Umumjamoa hisobida  O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi faxrli birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi o'rinni Farg'ona viloyati talabalari qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi o'rin namanganlik talaba-sportchilarga nasib etdi.

Bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindor sportchi-talabalar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, O'zbekiston talablar sporti associaciyasi sport bo'limi boshlig'i G'olibjon Ibodov ishtirok etdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing