So’nggi yangiliklar

13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0 12:00Жейк Пол - Хулио Сезар Чавес рейтинг жанги тўлиқ давом этди 0 11:39Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди 0 11:18"Жин урсин, бундай бўлмаслиги керак эди" - Дана Уайт Пимблеттнинг октагонга чиққанидан норози 0 10:57Топурия ғалабадан сўнг: "Бу янги даража" 0 10:35UFC 317 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Топурия борми? 0 10:28Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади 0 10:00Енгил вазнда янги қиролга айланган Топурия, чемпионлигини сақлаб қолган Пантожа ва унга даъвогар бўлиб олган мьянмалик спортчи. UFC 317 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 09:54ДАҲШАТ! Илия Топурия Чарльз Оливейрани биринчи раунддаёқ нокаутга учратди ва енгил вазнда UFC чемпионига айланди! 1 09:32"Финиш қилади". Мераб Двалишвили Топурия – Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 09:26AND STILL! Александр Пантожа Кай Кара-Франсни муддатидан аввал таслим этди 0 08:53Ҳақиқий сенсация! Жошуа Ван камар учун асосий даъвогарни тўхтатиб қолди 0

22 mar 16:41
Yangiliklar

Velosport

Velosport. O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindorlar aniq bo'ldi

Teglar :  Velosport
Xabaringiz bor, 18 mart kuni Toshkentda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berilgan edi.

To'rt kun davomida o'tkazilgan musobaqalarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri terma jamoalari ishtirok etdi. 

CHempionatda ilk bor para-velosportchilarning ishtirok etishi haqiqatda quvonchli va tirixiy bir voqea bo'ldi. Bu esa mamlakatimizda aholining har bir qatlamiga sport bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilganidan daolatdir.  Musobaqa natijalariga ko'ra, kelgusida sportchilar saralab olinib, O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi bilan hamkorlikda Parij-2024 Paralimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun kurash olib borishi ko'zda tutilgan.

Kecha O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy paralimpiya associaciyasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston velosipied sporti federaciyasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur chempionatning final bosqichi bo'lib o'tdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, erkaklar o'rtasida Danil Evdokimov, Aleksey Fomovskiy, ayollar o'rtasida esa Yanina Kuskova hamda Margarita Misyurina O'zbekiston chempioni bo'ldi. 

SHuningdek, Anna Kulikova, Yanina  Kuskova hamda Nikita Stenkovoy sport ustasi deb topildi. 

CHempionat g'oliblariga va musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan barcha velosportchilarga tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi. 

CHempionlikni qo'lga kiritgan sportchilarimizni bugungi g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing