04 iyu 16:04
Yangiliklar
Velosport

Butunjahon velosport kuni Toshkentda bayramona ruhda o'tdi + FOTOREPORTAJ
3 iyun – Butunjahon velosport kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Tashkent City Mall” savdo majmuasida sport bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat velosiped sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev hamda milliy terma jamoa azolari ishtirok etishdi.
Rasmiylar barcha velosport ixlosmandlarini bayram bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar hamda sportchilarga esdalik sovg'alari topshirishdi.
Tadbir davomida “Neon” sport klubining mashg'uloti savdo markaziga yig'ilganlarga sport ruhini va yuqori kayfiyatni ulashdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar