06 sen 16:40
Yangiliklar
Engil atletika
Toshkent xalqaro yarim marafonida g'olib va sovrindorlar aniqlandi
Bugun poytaxtimizda “Tashkent International Half Marathon” musobaqasi o'tkazildi.
Besh kilometr va 21,097 metr (yarim marafon) masofalarda tashkil etilgan bahslar 24 mingdan ortiq ishtirokchini o'zida jamladi.
Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan rasmiylar mamlakatimizda ommaviy sport yildan yilga rivojlanib borayotgani, bu kabi musobaqalar aholini sog'lom turmush tarziga yanada keng targ'ib qilishda muhim o'rin tutishini takidlashdi.
G'olib va sovrindorlar bilan tanishing:
5 km, erkaklar:
1. Eldor Botirov
2. Ruslan Xadjiev
3. Behruz SHavkatov
Ayollar:
1. Alina Hakimova
2. Maftuna Ahmedova
3. Kamola Ablaeva
Yarim marafon, erkaklar:
1. Andrey Petrov
2. Hasan Mirsoatov
3. Baxtiyor O'tkirov
Ayollar:
1. Marjona Ahmadalieva
2. Sadafbonu Nusratulloeva
3. Arofatxon Imomalieva










Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar