So’nggi yangiliklar

18:45Осиё чемпионатининг илк куни иштирок этган 8 дзюдочимизнинг бари шоҳсупага кўтарилди 0 18:24Канело — Кроуфорд оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 18:01Дана Уайт Турки аш Шайх билан қилаётган бокс лойиҳаси ҳақида гапирди 0 17:39Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди 0 17:17Менежер Биволнинг навбатдаги рақибларини айтди 0 16:51"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида қатнашмайди — манба 0 16:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг ҳақида: "Энг зўри эканимни бутун дунёга исботлайман" 0 16:01ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи 0 15:39"Магомед ҳалиям Перейрани нокаут қилиш истагида" - менежер 0 15:18"Pantera Sport Club" Қозоғистондаги турнирда умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади 0 14:51ЖЧ-2025. Қозоғистоннинг неча боксчиси ярим финалга йўл олди? 0 14:25U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум 0 14:02"У ичиб олган". Кроуфорд — Топуриянинг уни нокаут қиламан деган гапига жавоб қайтарди 0 13:39Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ муаммо сабаб бу сафарги Жаҳон чемпионатини ҳам ўтказиб юборадиган бўлди 0 13:17Царукян — Топурия ҳақида: "Агар жанг қилгиси келмаса, камарни бўшатиб қўйсин" 0

19 fev 13:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Vladimir Klichko: Tomas Bax Olimpiya qadriyatlarini emas, Rossiya manfaatlarini ifodalaydi

Vladimir Klichko Tomas Bax haqida keskin chiqish qildi.

Vladimir Klichko Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Baxni rossiyalik sportchilarning 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishiga ruxsat bermoqchiligi uchun tanqid qildi.

 «Tomas Bax doim XOQ betarafligi haqida gapiradi. Gap shundaki, Bax neytral emas. U Olimpiya qadriyatlarini emas, Rossiya manfaatlarini ifodalaydi.

Sport, biznes va siyosatning bir-biriga o'xshash tomonlari bor. Ayniqsa, Olimpiya o'yinlari doimo siyosatning bir qismi bo'lib kelgan. Oq va neytral bayroq haqida gapirilganda, nemis tilida yaxshi ibora bor: «Sen ranglaringni ko'rsatishing kerak». «Agar», «lekin» degan tushunchalar yo'q. Afsuski, Bax Olimpiyadan tashqari qadriyatlarni ifodalaydi.

U tashviqotni qo'llab-quvvatlaydi. Rossiya Mudofaa vazirligi xodimlari bo'lgan va xalqaro harbiy chempionatlarda qatnashgan rossiyalik sportchilar endi navbatdagi o'yinlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Rossiya propagandasi undan foydalanadi.

Men hali birorta faol rossiyalik sportchining harbiy harakatlarga qarshi chiqqanini ko'rmadim. Bu ularni qo'llab-quvvatlashini anglatadi. Va biz allaqachon «Z» belgisini kiygan sportchilarni ko'rdik. Ular bu tashviqotni qo'llab-quvvatlamoqda.

Biz Oilamiz. Agar XOQ prezidenti o'z rangini ko'rsatmasa, oila unga bizning manfaatlarimizni himoya qilishda yordam berishi kerak. Ular bizni qo'y kabi boshqara olmaydi», - dedi Klichko.

Reyting:    

Fikrlar

   
19 fev 23:57:03
baksyor
Rasmdagi vetaliy klechkoku
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing