So’nggi yangiliklar

23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0 14:17"Бу унинг соғлигига таъсир қилади". Майк Тайсон — Флойд Мейвезер билан жанг ҳақида 0 13:55"Бу кўргазмали жанг мухлисларга улар хоҳлаган нарсани беради". Мейвезер — Тайсон билан жанг ҳақида гапирди 0 13:33Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. У учрашувдан кейин мухлислар билан хайрлашди 0

29 noy 08:03
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazmda mohir aviamodelchilar jam bo'lishdi + FOTO

Teglar :  VatanparvarXorazm
Joylarda “Vatanparvar” tashkilotining 31 yilligi munosabati bilan manaviy-marifiy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtirildi.

Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida aviamodel sporti bo'yicha tashkil etilgan Xorazm viloyati ochiq birinchiligi ana shular sirasidan, albatta.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarining sportchilari aviamodelning  F-1-N, F-2-D,  F-1-M va  F-1-D sinflari bo'yicha o'zaro bahs yuritishdi.

F-1-N sinfi birinchiligi. 1-o'rin. Farrux Safoev (Buxoro), 2-o'rin. Rashid Koshaev (Qoraqalpog'iston). 3-o'rin. Dilshod Nigmurodov (Buxoro).

F-2-D sinfi birinchiligi. 1-o'rin. Radik Iskandarov/Otabek Abdullaev (Xorazm). 2-o'rin. Ruslan Rahmatov/SHahzodbek Rahimov (Navoiy). 3-o'rin. Farhod Javliev/Hayitmurod Omonov (Surxondaryo).

F-1-M sinfi birinchiligi. 1-o'rin. SHahboz Bafoev (Buxoro). 2-o'rin. Sardor Ro'ziev (Buxoro). 3-o'rin. SHahzodbek Rahimov (Navoiy).

F-1-D sinfi birinchiligi. 1-o'rin. SHamsiddin Bafoev (Buxoro). 2-o'rin. Firdavs Bekmuradov (Buxoro). 3-o'rin. Rahmon Azimov (Surxondaryo).

Umumjamoa hisobida Buxoro viloyati terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin surxondaryolik sportchilarga nasib etdi. Faxrli uchinchi o'rindan navoiylik aviamodelchilar joy olishdi.

Birinchilikning yopilish marosimida qatnashgan O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov g'olib va sovrindor sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qizg'in qutlab, ularni tegishli darajadagi diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing