So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

25 jan 12:23
Yangiliklar

Velosport

Xorazmda velosport bo'yicha Hokim kubogi musobaqasi yo'lga qo'yiladi

Teglar :  VelosportXorazm
Xorazm viloyati o'zbek velosportida o'ziga xos o'ringa ega. Ushbu viloyat hozirda terma jamoamizning asosiy sportchilari hisoblanmish Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari licenziati Murodjon Xolmurodov, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni Behzod Rahimboev kabi sportchilarni etishtirib bergan.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbariyati Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida hududda ushbu sport targ'ibotini yanada oshirish masalalari bo'yicha istiqbolli rejalarni muhokama qildi.

Xorazm viloyati hokimiyati mutasaddilari ishtirokida kechgan yig'ilishda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev, federaciya maslahatchisi Farruh Xudoyqulov, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Nodira Jumaniyozova va boshqa bir qator soha mutasaddilari ishtirok etdi. Yig'ilish davomida federaciyaning viloyatdagi bo'limi uchun rahbar va ijrochi direktor saylandi. Unga ko'ra, Xorazm viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Qudrat Igamberdiev federaciyaning viloyat bo'limi raisi, viloyat transport boshqarmasi boshlig'i Rahmatjon Boboev va Anvarjon Rahmonov uning o'rinbosari, Amonboy Jumanov esa Ijrochi direktor etib saylandi.

Safar davomida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimi Xorazmda velosport rivojiga hissa qo'shishdan minnatdor ekanligini, buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini bildirdi. Suhbatda bir qator istiqbolli reja va dasturlar belgilab olindi. 

Unga ko'ra, endilikda viloyat federaciya bo'limi hokimlik tomonidan “Damas” avtomobili bilan taminlanadi. Avgust oyida viloyatda “Save aral” xalqaro velomarafon o'tkazilishi ham muhokama qilindi. Qolaversa, Farhod Ermanov tomonidan mahalla-tuman-viloyat bosqichida velosport bo'yicha “Hokim kubogi” musobaqalarini tashkil etish tashabbusi bir ovozdan maqullandi. 

SHubhasiz, bunday musobaqalar Respublikada sport ommaviyligini oshirish, terma jamoa uchun munosib zaxira sportchilarini saralash yo'lida katta qadam bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing