28 jan 17:34
Yangiliklar
Tennis
0:2 hisobini g'alabaga aylantirgan Yannik Sinner - Australian Open chempioni!
Melburnda yilning dastabki "Katta Dubulg'a" turniri - Avstraliya Ochiq chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida rossiyalik Daniil Medvedev italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqdi.
3 soat 46 daqiqa davom etgan o'yinda Yannik Sinner 3:6, 3:6, 6:4, 6:4, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va faoliyatida ilk bor ushbu musobaqa g'olibiga aylandi.
Qayd etish lozimki, Medvedev bungacha ikki marotaba Australian Open finaliga chiqqan va har ikkisida ham mag'lubiyatga uchragandi. Bugun u mazkur turnir finalidagi uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar