09 iyu 08:16
Yangiliklar

1 avgust kungi UFC oqshomining markaziy jangi haqida malumot berildi
AREX arena mezbonlik qiluvchi va muxlislarsiz o'tishi kutilayotgan ushbu turnirning markaziy jangi Xolli Xolm hamda meksikalik Iren Aldana o'rtasida tashkil etilishi mumkinligi aytildi. Xolm sobiq UFC chempioni hisoblanadi.
Malumot uchun, Xolli Xolm o'zining so'nggi jangini shu yilning yanvar oyida UFC 246 turniri doirasida Rakel Penningtonga qarshi o'tkazib, 29:28, 30:27, 30:27 hisobida g'alaba qozongan edi. Uning hisobida 13 ta g'alaba va 5 mag'lubiyat bor.
Aldana esa oxirgi 6 ta jangidan 5 tasida zafar quchgan. So'nggi jangida Ketlin Vieyraga birinchi mag'lubiyatni taqdim etish barobarida raqibasini birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan edi. Aynan 1 avgust kuni Edmen SHaxbazyan - Derek Branson jangi o'tkazilishi ham mumkin.
Fikrlar