23 iyu 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA

11 iyul kuni UFC kamari uchun jang qiluvchi Pyotr Yan ota bo'ldi + FOTO
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Pyotr Yan ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar bo'ldi.
Hozirda UFC promoushenining engil vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Yan "Instagram"dagi sahifasiga rafiqasi Yuliya hamda yangi mehmon aks etgan suratlarni joyladi.
"Do'stlar, hammaga salom! Bugun oilamiz yana bir kishiga ko'paydi. Konstantin Petrovich! Yulya, rahmat! Sen aqlli ayolsan", — deya surat ostida izoh ham qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan 11 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Jangchilar oroli"da UFC 251 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Uning braziliyalik Joze Aldoga qarshi kechadigan jangi vakant qolgan chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar