12 avg 15:12
Yangiliklar
Tennis
16 yoshli Goff Leksingtondagi yurishini boshladi
AQSHning Leksington shahrida WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning 53-raketkasi bo'lib turgan Kori Goff musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Amerikalik 16 yoshli iqtidor egasi Top Seed Open turnirining ilk davrasida reytingning 134-pog'onasidan joy olib turgan vatandoshi Karolin Dolxaydga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda Goff raqibasini 7/5, 7/5 hisoblarida taslim etdi. Bu ikki amerikalik tennischining o'zaro ilk to'qnashuvi edi. Endi Koko ikkinchi davra uchrashuvida belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar