06 iyu 21:35
Yangiliklar
Tennis
17 yoshli Mirra Andreeva 27 yillik rekordni yangiladi
Xabar berganimizdek, rossiyalik 17 yoshli tennischi Mirra Andreeva "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining yarim final ishtirokchisiga aylangandi.
Bu bilan u 1997 yildan keyin "Katta Dubulg'a" turnirlarining yarim finaliga etib kelgan eng yosh tennischi bo'ldi. U "Rolan Garros" 1/2 finalida dunyoning ikkinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni 6/7(5), 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etgandi.
Kecha g'alaba qozongan kuni Mirra 17 yoshu 37 kunlik edi. Bundan avvalgi rekord afsonaviy Martina Xingisga tegishli edi. SHveycariyalik tennischi 1997 yilgi US Open turnirining 1/2 finalida o'ynagandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar