22 fev 08:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				17 yoshli Mirra Andreeva faoliyatida ilk bor WTA 1000 finaliga chiqdi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
			WTA reytingida 14-o'rinni egallab turgan Mirra Andreeva 1/2 finalda dunyoning ettinchi raketkasi qozog'istonlik Elena Ribakinani uch set natijasiga ko'ra mag'lub etib, katta shov-shuv sababchisiga aylandi. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik 17 yoshli iqtidor egasi tajribali raqibasidan 6/4, 4/6, 6/3 hisoblarida ustun keldi.
SHu tariqa, Andreeva faoliyatida ilk WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir finaliga yo'l oldi. Mirra ushbu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1. Mirra 3, Elena 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxato va breyklar mos ravishda Andreevada ko'proq bo'ldi - 8 ga 3 hamda 5 ga 3.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar