05 fev 18:01
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli Diana faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi
Tailandning Xuaxin shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandi.
Bosh sovrin rossiyalik Diana SHnayderga nasib etdi. Dunyoning 108-raketkasi bo'lib kelgan SHnayder hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 45-pog'onada borgan xitoylik CHju Linni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 2/6, 6/1.
Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda SHnayder 1 ta eys va 6 ta breykka erishib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Tailanddagi muvaffaqiyatli ishtirok SHnayderga 250 reyting ochkosi hamda 36,250 dollar mukofot puli keltirdi. Bu 19 yoshli rossiyalik iqtidor egasining ilk WTA sovrini bo'ldi. Bugun elon qilingan reytingda u dunyoning 73-raketkasiga aylanib oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar