26 may 13:15
Yangiliklar
20 yoshli tennischi o'z yurtida birinchi titulini qo'lga kiritdi
SHu tariqa, franciyalik iqtidor egasi faoliyatidagi ilk sovrinni o'z vatandoshlari ko'z o'ngida qo'lga kiritdi. ATP reytingida 117-pog'onada borayotgan Jovanni Mpetshi-Perrikar final uchrashuvida dunyoning 29-raketkasi, argentinalik Tomas Martin Etcheverrini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 1/6, 7/6(4).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Mpetshi-Perrikar 11, Etcheverri 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar garchi Martinda ko'proq bo'lsa-da, bu unga yordam bermadi - 5 ga 3.
Open Parc turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Mpetshi-Perrikarga 250 reyting ochkosi hamda 88,125 evro mukofot puli taqdim etdi. Etcheverri esa bir haftalik mehnatidan 150 ochko va 51,400 evro ishlab oldi.
Fikrlar