02 iyu 09:27
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon turniri tarixida zarba tezligi bo'yicha rekord o'rnatildi
Jovanni Mpetshi-Perrikar ushbu yangilangan rekord sohibiga aylandi.
Dunyoning 36-raketkasi bo'lib turgan franciyalik tennischi Jovanni Mpetshi-Perrikar amerikalik Teylor Fricga qarshi kechgan birinchi davra bahsida 246 km/soat tezlikda zarba ijro etib, to'pni o'yinga kiritdi. Bu Uimbldon turniri tarixidagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.
Umuman olganda, tennis tarixidagi eng tezkor zarba - 263 km/soat bo'lib, 2012 yilda Semuel Grot tomonidan amalga oshirilgan. Lekin ATP bu rekordni tan olmagan, boisi Grot bu natijaga "CHellenjer" turnirida erishgan. Bu toifa turnirlaridagi tezlikni aniqlovchi radarlar standartlarga javob bermaydi. Tennis tarixidagi tan olingan eng yuqori tezlik Jon Iznerga tegishli – 252 km/soat.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar