So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

20 dek 12:25
Yangiliklar

Dzyudo

2025 yilgi mavsum uchun dzyudo qoidalariga ayrim o'zgarishlar kiritildi

Teglar :  IJFDzyudo
Turkiyaning Istanbul shahrida hakamlar uchun xalqaro texnik seminar o'tkazildi.

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik seminarda qoidalarga kiritilgan o'zgarishlar referilarga etkazildi. 2025 yilgi mavsumdan etiboran bu yangi qoidalar asosida musobaqalar o'tkaziladi. 

Bu muhim seminarda bir guruh hakam va murabbiylarimiz ham ishtirok etishdi. Ular orasida xalqaro Olimpiya toifasidagi referilarimiz Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar hayati raisi Bahodir Uzakberganov, murabbiylar Tohir Fayziev, Iskandar Rasulov, Aziz Toshmatov, Rahim Subhonovlar bor.  

Dzyudo qoidalariga kiritilgan o'zgarishlar: 

• Ne-vadzada uchinchi yuko bahosi qo'shildi (Bu baho 5 soniya ushlab turilganidan keyin beriladi)

• Usul bajarilayotgandagi tashlash holatida bosh bilan harakat qilish hamda himoyalanish uchungina boshdan foydalanish. Bu yangilik kadetlar o'rtasidagi musobaqalar uchun emas. Kadetlarda bu usuldan foydalanish shido ogohlantirilishi bilan jazolanadi

• Kimono hamda belbog'ning pastki qismidan to oyoqning ichki son yuqorisigacha bo'lgan qismida barcha ushlash (zaxvat) holatlariga ruxsat beriladi. SHunga teskari holatda, yani ko'rsatilgan joyning yuqori qismidan ushlash holatlarida shido ogohlantirishi beriladi

• Qo'lning kaft yoki bilak qismi bilan oyoqdan ushlash, pastki kiyim, yani ishtondan ushlash (zaxvat), oyoqning tizzadan pastki qismiga teginish, ichki son qismidan ushlab pastga tortish taqiqlanadi va shido ogohlantirishi bilan jazolanadi

• Kumi-kata qoidasi. Hujum uchun 30 soniya vaqt beriladi

• Tachi-vazada ikki qo'l bilan quchoq ochib ushlash (zaxvat)ga ruxsat beriladi. Lekin kaft va bilaklarni xalqa shaklida birlashtirgan holatda zaxvatga kirish shido bahosi bilan jazolanadi

• Tatamidan tashqariga chiqish holati atayin qilinmaganda (tachi-vaza va ne-vaza) "Mate!", yani to'xta buyrug'i beriladi

• Kansetsu-vaza qo'llashda yangi qoidalar. Agar kansetsu-vaza tashlash vaqtida jarohat olish xavfi yuqori bo'lsa, hansoke-make jarima jazosi beriladi. 

• Agar kansetsu-vaza ikki qo'l bilan raqibning bitta qo'liga nisbatan qo'llanilsa (jarohat olish xavfi kam bo'lsa), “Mate!” buyrug'i bilan to'xta ishorasidan keyin shido ogohlantirishi beriladi

• Ne-Vadzada ijobiy faollik referi tomonidan inobatga olinadi

• Teskari seoi-nage usuliga kattalar va yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda ruxsat beriladi. Lekin kadetlar musobaqasida shido ogohlantirilishi bilan jazolanadi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing