19 dek 16:31
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
2030 yilgi Osiyo o'yinlari mezbonligiga yana bir davogar qo'shildi
Filippin 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini qabul qilmoqchi.
Bu haqida mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Abraxam Tolentino kuni kecha nihoyasiga etgan Janubiy Osiyo dengiz o'yinlarining yopilish marosimida malum qildi.
Mutasaddining takidlashicha, mamlakat ushbu musobaqani yuqori saviyada o'tkaza oldi va endilikda 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini qabul qilish niyatida. Filippin bungacha 1954 yil Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini qabul qilish uchun O'zbekiston, Qatar va Hindiston mamlakatlari ham tashabbus bilan chiqqan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar