06 noy 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/93962_220.jpg)
"23 noyabr kuni chempion bo'laman"
Kubalik bokschi Luis Ortis WBC kamari sohibi Deontey Uaylderga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
"Mashg'ulotlar vaqtida xatolarim ustida jiddiy tarzda ishladik. Men jangga tayyorman. Deontey menga qarshi jangda jiddiy tayyorgarlik ko'rmasa yomon bo'lishini biladi. Men birinchi jangda ko'p xato qildim va ularni tuzatdim deb o'ylayman. 23 noyabr tezroq kelishini istayman. Sababi shu kuni menda chempionlik kamari bo'ladi. Men butun dunyoga eng zo'ri ekanligimni isbotlamoqchiman",-dedi Ortis.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar