05 avg 15:52
Yangiliklar
23 ta qo'sh xatoga yo'l qo'ygan Arina Sobolenko San-Xose turniri chorak finaliga chiqdi
Jahonning oltinchi raketkasi Arina Sobolenko San-Xosedagi turnirning ikkinchi davrasida Kerolayn Doulxayddan 5:7, 6:1, 7:5 hisbida ustun keldi.
O'yin davomida Sobolenko 23 marta qo'sh xatoga yo'l qo'ydi: birinchi setda 12 ta, ikkinchi setda 6 ta va uchinchi setda 5 ta
Etiborlisi, bu yilgi mavsumda Sobolenko allaqachon 257 bor qo'sh xatoga yo'l qo'ygan va u bu ko'rsatkich bo'yicha "etakchi" bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinni 166 ta qo'sh xato qayd etgan Ekaterina Aleksandrova egallagan.
San-Xosedagi turnir chorak finalida Sobolenko Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar