03 jan 07:47
Yangiliklar
Futbol
29 yoshga to'ladigan Hojiakbar Alijonov legioner bo'lish arafasida
U "qizillar" bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi va o'ng qanot himoyasida jamoani tark etgan Serj Ore o'rnini egallaydi.
"Fars" agentligi xabariga ko'ra, Eronning "Persepolis" klubi "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov bilan kelishuvga erishgan.
Avvalroq, "Persepolis" "Paxtakor"ga Alijonovning transferi uchun deyarli 800 mingdan 1 million dollargacha taklif bermoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Aprel oyida 29 yoshga to'ladigan milliy terma jamoamiz himoyachisi "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "sherlar" safida jami 229 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 10 ta gol va 48 ta assist bor.
Malumot uchun, "Persepolis" tarkibida terma jamoamiz yarim himoyachisi Oston O'runov ham o'ynaydi. Bu borada Alijonov yolg'izlanib qolmaydi.

Havola :
Fikrlar