29 avg 09:33
Yangiliklar
Tennis
33 yoshli Jokovich final ostonasida Agutga qarshi 3 setdan iborat 3 soatlik uchrashuv o'tkazdi
AQSHning Nyu-York shahrida "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning yarim final uchrashuvida qiyinchilikka duch keldi. Serbiyalik tennischi reytingning 12-pog'onasidan joy olgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqib, 4/6, 6/4, 7/6(0) hisobida g'alaba qozondi.
Roppa-rosa 3 soat davom etgan bahsda 33 yoshli Jokovich 14 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Novak foydasiga yanada yiriklashdi - 8:3. Endi serbiyalik Western & Southern Open bosh sovrini uchun bahsda kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi. Bu Novak uchun "Masters" turnirlaridagi 51-final bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar