So’nggi yangiliklar

15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0

20 dek 12:55
Yangiliklar

Dzyudo

34 yoshli Aziz Kamilov O'zbekiston dzyudo federaciyasining yangi prezidentiga aylandi

Teglar :  Dzyudo
Bugun, 20 dekabr kuni O'zbekiston dzyudo federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.


Yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. SHuni inobatga olgan holda federaciya rahbarligiga Aziz Kamilov nomzodi ilgari surildi. Konferenciya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Kamilov O'zbekiston dzyudo federaciyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federaciya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo'ldi.

Konferenciya davomida so'zga chiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio Olimpiadasida delegaciyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etish vazifasini qo'ydi. O'z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan etarli shart-sharoitlar yaratib berilishini malum qildi.

Dzyudo federaciyasining yangi raisi esa o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishga tayyor ekanligini aytdi. O'z rejalari bilan tanishtirib o'tdi. O'z navbatida bungacha erishilgan natijalarda, Respublikamizda dzyudoning bugungi kunda tutgan mavqeida federaciyaning avvalgi rahbariyati hissasi katta ekanligini alohida qayd etib o'tdi.

Malumot uchun, Kamilov Aziz Yakubjanovich 1984 yilning 19 iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilali. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing