29 mar 14:05
Yangiliklar

39 ta eys ijro etilgan bahsda Jokovichning Mayami "Masters" finalidagi raqibi aniqlandi
Musobaqaning ikkinchi yarim final uchrashuvida dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lib turgan amerikalik Teylor Fritc kutilmaganda ATP reytingida 54-pog'onadan joy olgan chexiyalik Yakub Menshikka imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/7(4), 6/4, 6/7(4).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Ikki soatu 27 daqiqa davom etgan bahsda Fritc 14, Menshik 25 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikki tennischi umumiy hisobda 39 ta eys zarbasini ijro etgani etiborga molik holat.
Menshik faoliyatida ikkinchi bor Top-10`talikda borayotgan raqibini mag'lub etdi. U ikkinchi marotaba ATP turniri finalida o'ynaydi. O'tgan yili Dohadagi turnirning finalida u rossiyalik Karen Xachanovga yutqazib qo'ygandi. Ertangi finaldagi raqib esa Novak Jokovich bo'ladi.
Fikrlar