01 apr 17:02
Yangiliklar
Tennis
44 yoshli Roxan Bopanna rekord o'rnatdi
Mayami "Masters"ning juftliklar turnirida chempion bo'lgan Roxan Bopanna o'ziga xos rekord sohibiga aylandi.
Hindistonlik tajribali tennischi Mettyu Ebden bilan birgalikda "Masters" turniri bosh sovriniga ega chiqdi. Ungacha hech kim 44 yoshida "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirlar tarixida chempion bo'lmagan edi.
Roxan va Mettyu final bahsida Ivan Dodig hamda Ostin Kraychek juftligidan ustun kelgan - 6/7(3), 6/3, 10:6. Bu Bopanna uchun "Masters"dagi oltinchi, faoliyatidagi 26-sovrin bo'ldi. U bugun elon qilingan juftlik reytingida yana karvonboshiga aylanib oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar