28 apr 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

51 yoshli Maskaev Taysonga qarshi jang haqidagi taklifga javob berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Oleg Maskaev boks afsonasi Mayk Tayson bilan ehtimolli jangi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov sobiq o'zbekistonlik bokschi Oleg Maskaev hamda 53 yoshli Mayk Tayson o'rtasida Moskva shahrida jang o'tkazish taklifi bilan chiqqan edi.
"Albatta, men Maykka qarshi ringga chiqqan bo'lar edim. Kim ham afsona bilan jang qilishni istamaydi? Lekin bu shunchaki bo'lmaydi. Kamida ikki oy yopiq holda mashg'ulot o'tkazish kerak. Hozirning o'zida Maykni nokaut qilaman, deb ayta olmayman. Bu faqat Yaratganning o'ziga ayon", - deydi 51 yoshli Maskaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar