So’nggi yangiliklar

10:20Монте-Карло "Мастерс" бош соврини ва миллион доллар кимга насиб этди? 0 09:59Тайсон Фьюри: "Менга мактаб ўқувчилари қизиқ эмас!" 0 09:38"Номзодлар турнири". Синдаровни тарихий натижадан ярим очко ажратиб турибди 0 09:17"Интер" Комода ҳақиқий камбэк қилди: 0:2 ҳисоби 4:3 га айланди! 0 08:56Жаҳон чемпионатининг иккинчи куни уч нафар спортчимизга мухлислик қиламиз 0 08:35Олимпиада чемпиони 11 июль куни UFC’да дебют қилади 0 08:14Таэквондо WТ бўйича Жаҳон чемпионатининг очилиш маросими бўлиб ўтди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 07:53Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 07:32UFC Оқ уйдаги турнир учун рекорд даражадаги бонусларни эълон қилди 0 07:11Тимофеева саралаш финалида ютқазди, лекин асосий тўрга чиқди 0 21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0

22 iyu 19:39
Yangiliklar

Tennis

9 oy maosh olmagan “Qarshi” tennis klubi xodimlarining videomurojaati yuzasidan rasmiy bayonot

Teglar :  QarshiTennis
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi” tennis klubining bir guruh ishchi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo'llangan videomurojaat keng tarqaldi.

Unda ishchi xodimlar 9 oydan buyon maoshlarini olisholmayotganidan shikoyat qilishgan.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi quyidagilarni malum qiladi.

Qarshi shahar B.SHerqulov ko'chasida joylashgan “Qarshi” tennis klubi 1999 yilda tashkil etilgan bo'lib, klub 2008 yilda “SHo'rtangaz” gaz konlari boshqarmasi tomonidan to'liq qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan.

Tennis klubi tasischilari etib “SHo'rtanneftgaz” MCHJ, “Qarshi neft bazasi” DUK, “Qashqadaryo elektr tarmoqlari” hududiy birlashmasi, “O'zavtotrans agentligi” Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, “Qashqadaryo paxta terminali” MCHJ, “Qashqadaryo viloyat issiqlik manbai” korxonasi, viloyat axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish boshqarmasi belgilangan.

So'nggi yillarda tasischilar tomonidan “Qarshi” tennis klubini saqlab turish uchun etarli mablag' ajratilmaganligi sababli klub faoliyatida qator muammolar kuzatildi. Natijada tennis klubi balansidagi mavjud bino va inshootlarni saqlash, ishchi xodimlarning maoshi, soliq, kommunal to'lovlardan qarzdorliklar yuzaga keldi.

Klub faoliyatini yaxshilash, mavjud sport inshootlarini saqlash, yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash maqsadida mahalliy byudjetdan 2018 yilda 300 million so'm, 2019 yilda esa 200 million so'm mablag' ajratilgan.

Keyinchalik tennis klubi viloyat hokimining qarori bilan Qashqadaryo viloyat engil atletika va sport o'yinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi balansiga o'tkazib berilsa-da, uzoq vaqt ushbu sport inshootini moliyalashtirish masalasi hal etilmay qolayotgandi.

Joriy yil 15 iyulda engil atletika va sport o'yinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabiga xodimlarning ish haqi uchun 319 500 000 (uch yuz o'n to'qqiz million besh yuz ming) so'm, yagona ijtimoiy to'lovga 79 875 000 (etmish to'qqiz million sakkiz yuz etmish besh ming) so'm pul mablag'i kelib tushgan.

Sobiq “Qarshi” tennis klubining ishchi-xodimlarini sport maktabiga mehnat kodeksi talablariga asosan ishga qabul qilish uchun chaqirilganida hech bir xodim kelmagan, “Qarshi” tennis klubini sobiq rahbari D.Nikiforov esa hujjatlashtirish ishlarini sifatli bajarmagan. Qolaversa, pandemiya tufayli karantin boshlanib qolganligi natijasida xodimlarni ishga qabul qilish jarayonlari ham to'xtab qolgan. Oqibatda bir guruh ishchi xodimlar videomurojaat orqali chiqish qilishga majbur bo'lgan.

Hozirda sport maktabi tomonidan hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilib, sport maktabi tomonidan iyul oyi yakunlanishi bilan ishchi xodimlarning shu kunga qadar to'lanmay kelgan ish haqlari bo'yicha to'liq hisob-kitob amalga oshiriladigan bo'ldi.

Joriy yil 21 iyul kuni Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i S.Odilov boshchiligida yig'ilish o'tkazilib, unga sobiq “Qarshi” tennis klubining bir guruh ishchi xodimlari taklif etildi. Unda videomurojaatda ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq ko'rsatmalar berilib, ishchi xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing