15 fev 07:32
Yangiliklar
Futbol
A Seriya. Milanda drama: qizil kartochka, 5 ta gol - "Derby d'Italia"da "Inter" g'olib!
Italiya A Seriyasining 25-turi doirasidagi "Inter" - "Yuventus" uchrashuvi gollarga boy bo'ldi.
Unda "Inter" qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi - 3:2. Bunda milanliklarga avtogol va raqib futbolchisining qizil kartochkasi ham yordam berdi. Turinliklar bir kishi kam bo'lib ham 83-daqiqada Manuel Lokatellining goli evaziga muvozanatni tiklashgandi. Ammo 90-daqiqada Petr Zelinskiy "Inter"ga uch ochko keltirgan golni kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Havola :
Fikrlar