26 dek 17:48
Yangiliklar
Abbos Fayzullaev: "Uyg'onganimda butun vujudim og'rigan paytlarim bo'ldi"
"Mavsumning qiyin kechgan birinchi qismi yakunlandi va nihoyat tatil payti keldi. Hozir jismoniy va ruhiy jihatdan tiklanib olish muhim, chunki so'nggi ikki yil ichida faqat ikki xafta dam oldim. Terma jamoa tufayli? Ha, 2022 yilning yozida yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogida, 2023 yilning bahorida biz g'alaba qozongan qita musobaqasida qatnashdim. O'sha yilning may oyida Jahon chempionati bo'ldi. 2024 yilning qishida milliy terma jamoa bilan birga edim. Bahorda olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogiga bordim. U erda ikkinchi o'rinni egallab Parijdagi Olimpiadaga yo'llanma oldik. Qisqasi jadval aqldan ozgandi. Uyg'onganimda butun vujudim og'rigan paytlarim bo'ldi. SHunday paytda mashg'ulotga borishni istamasdim. Lekin o'zimni majburlashim kerak edi",- deydi Abbos Fayzullaev.
Fikrlar