30 jan 19:05
Yangiliklar
Futbol
Abbosbek Fayzullaev qachon safga qaytadi? CSKA bosh shifokori javob berdi
Xabaringiz bor, CSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev jarohat sabab safdan chiqqan.
Aynan jarohati tufayli hamyurtimiz CSKAning Qozog'istonning "Ordabasi" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok eta olmadi.
Fayzullaevning bugungi kundagi holati haqida armiyachilar klubi bosh shifokori Eduard Bezuglov malumot berdi.
"Barchasi reja bo'yicha ketmoqda. Unga ko'ra, Abbos Abu-Dabidagi klubning ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini umumiy guruhda o'tkazishi kerak edi. SHunday bo'ldi ham. Hozir u umumiy guruh bilan birga mashg'ulotlarda qatnashmoqda va o'zini yaxshi his qilyapti. Nasib qilsa, "Rostov"ga qarshi bahsda maydonga tushadi".
Eslatib o'tamiz, CSKA RPL Qishki kubogi doirasida "Rostov"ga qarshi ertaga kechqurun o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : bobsoccer.ru
Fikrlar