22 may 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulmanap Nurmagomedovning holati haqida xabar berildi
Xabaringiz bor, Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov Moskvadagi klinikalarning birida koma holatida yotibdi.
Fight Nights Global promouterlik kompaniyasi rahbari Kamil Gadjiev 57 yoshli Nurmagomedovning bugungi holati haqida xabar berdi.
"Uning ahvolida o'zgarish yo'q, hamon og'irligicha qolmoqda. Xabib, yaqin qarindoshlari, oilasiga yaqin insonlar bilan tez-tez qo'ng'iroqlashib turibman. Hozircha o'zgarish yo'q", — deya Gadjievning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Malumot uchun, ayni paytda Abdulmanap Nuromagomedov koma holatida qolmoqda. U o'zi nafas ololmaydi. Uni suniy nafas olish moslamasiga ulab qo'yishgan.
Havola :
Fikrlar