14 may 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulmanap Nurmagomedovning yuragi operaciya qilindi
Xabib Nurmagomedovning 57 yoshli otasi Abdulmanap Nurmagomedov yuragidan operaciya qilindi.
Bu haqida Abdulmanapning do'sti, sharhlovchi Ramazan Rabadanov xabar berdi. Avvalroq Xabibning otasi miyaga qon quyilishi natijasida koma holatiga tushib qolgani aytilgandi.
"Kecha Abdulmanapning yuragi operaciya qilindi. O'tgan yilning yozida u yuragi biroz zaif bo'lgani uchun Germaniyada davolangan edi. SHamollash yurakka ham tasir qilgan ko'rinadi. Uning jarrohlik amaliyotidan keyingi holati haqida hozircha hech qanday malumot yo'q", - dedi Rabadanov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar