31 iyu 15:48
Yangiliklar
Abdumalik Xalokov jang oldidan murabbiyi qanday vazifa qo'yganini aytdi
Hamyurtimiz 1/8 finalda SHveciya vakili Nebil Ibrahimni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu jangdan so'ng bokschimiz o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi jang doim hayajonli o'tadi. CHunki boshlanguncha hayajon bo'ladi, bu baribir Olimpiada.
Murabbiyim Davron aka jang uchun taktika qo'yib berdilar. Ilk jangdagi vazifam - jarohatlarsiz, ehtiyotkorlik bilan engil o'tib olish edi. O'ylaymanki, o'sha vazifani bajara oldim.
"Boringni berma, hali bunga vaqt bor" degandilar ustozim. O'ylaymanki, vazifani to'g'ri bajardim va g'alaba qozondim.
Duo qilib turinglar, O'zbekistonni oltin medal bilan xursand qilamiz. Nafaqat xalqimizni, bizga ishonib turgan Prezidentimizni ham xursand qilib, Yangi O'zbekistonni qanday kuchga ega ekanligini ko'rsatamiz", - dedi Abdumalik Xalokov.
Abdumalik endi yarim final yo'llanmasi uchun 3 avgust kuni ispaniyalik Xose Kuilesga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar