So’nggi yangiliklar

19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0

22 dek 09:56
Yangiliklar

Futbol

Abduqodir Husanovga Jorje Mendeshning aloqasi bormi? Futbolchining agenti javob berdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov so'nggi oylarda eng ko'p muhokama qilinayotgan futbolchiga aylangani shubhasiz.

Bir necha kun avval xorij va o'zbek matbuotida Husanovning ehtimoliy transferi bilan mashhur futbol agenti Jorje Mendesh shug'ullanishi haqida xkbarlar paydo bo'ldi. Bu xabarlarga futbolchining agenti izoh berdi:

"Abduqodir Husanovning barcha ishlari bilan Football Group agentligi va shaxsan men shug'ullanaman. Ehtimoliy transfer bo'yicha deyarli bir oydan buyon Evropada bo'lib turibman. Ko'plab insonlar bilan uchrashyapmiz, bu ularning transferga aloqasi bor degani emas.

Biz futbolchiga qiziqayotgan klublar bilan to'g'ridan-to'g'ri va o'rtakashlarsiz muzokara o'tkazyapmiz.

Barchani hurmat qilamiz. Lekin ayni paytda boshqa agent yoki agentlarning Husanovga aloqasi yo'q. O'zbek OAVdan bunga etiborli bo'lishlarini iltimos qilgan bo'lardim.

Ehtimoliy transferda eng muhimi pul emas, balki futbolchining rivojlanishdan to'xtab qolmasligi bo'ladi. "Lans"ga o'tishdan oldin ham biz katta pulga emas futbolchining rivojlanishi uchun ideal jamoa topishga intilgan edik. Yani, Abduqodir hozirgidek o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan va o'z oldiga aniq maqsad qo'ygan klubga o'tishi tarafdorimiz. Futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi JCH-2026 saralashi doirasidagi bo'lajak uchrashuvlardan oldin juda muhim", - dedi Gayrat Xasbiullin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing